Viloyat prokuraturalarining matbuot xizmati xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish haqida

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Viloyat prokuraturalarining matbuot xizmati xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish haqida

Bosh prokuratura Akademiyasi joriy yilning 24-29 iyun kunlari viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'yicha katta yordamchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini o'tkazdi.

Maqsad – haqqoniy va xolis axborotni tezkorlik bilan aholiga yetkazishning zarur instrumentlarini qo'llay bilish.

O'quv kurslari orqali tinglovchilarda quyidagi kompetentsiyalar shakllantirildi: internet materiallari bilan ishlash jarayonida veb-platformalarning o'ziga xos jihatlarini bilish; onlayn materiallarni tayyorlashda auditoriya ehtiyojlari va media odatlarini inobatga olish; tashkilotning media imidjini rivojlantirish; verbal va noverbal kommunikatsiyani 
o'rganish.

O'quv kurslariga Svetlana Artikova – Oliy Majlis Senati raisining o'rinbosari, Ilhom Abdullaev – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo'mitasi raisi, Sherzod Qudratxo'jaev – xalqaro press-klub raisi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Muattara Asqarova – O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, Rasul Kusherbaev – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati jalb qilindilar.

Shuningdek, jurnalistika sohasidagi taniqli trenerlar – Beruniy Alimov, Gulmira Shukurova, Nozima Muratova, Gulnora Nishonova va Bosh prokuratura Akademiyasi o'qituvchilari shular jumlasidandir.

Mashg'ulotlar so'ngida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram Facebook