Koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e'lon qilinganligi sababli Bosh prokuratura Akademiyasida barcha malaka oshirish, qayta tayyorlash hamda magistratura o'quv mashg'ulotlari to'liq asofaviy ta'lim shaklida olib borilmoqda.
Shular jumlasidan, Til o'rgatish kafedrasi tomonidan prokuratura organlari xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan o'quv materiallari asosida yuridik ingliz tili darslari onlayn tarzida olib borilmoqda.
Bundan tashqari, tinglovchilarga yuridik ingliz tili ko'nikmalarini rivojlantirishlari hamda kelgusida mazkur ko'nikmalarni amaliyotda samarali qo'llay olishlari uchun mustaqil o'zlashtirishga mo'ljallangan mul`timedia aqdimotlar, mashqlar to'plamlari va boshqa o'quv materiallari masofaviy ta'minlanmoqda.