2020 yil 24 sentyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Akademiya rahbariyati hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari M.Ziyodullaev boshchiligidagi bir
guruh xodimlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuv huquqni muhofaza qilish organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama
qilish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar Akademiyaning ilg'or ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliyotga yo'naltirilgan kompetentsiyaviy yondashuv, interaktiv va muammoli metodlar asosida o'quv jarayonini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdilar.
Akademiyaning o'z elektron platformasi negizida faoliyat yuritayotgan va koronavirus pandemiyasi sharoitida alohida dolzarblik kasb etgan elektron (masofaviy) ta'limni tizimli joriy etish imkonini bergan «ProAcademy» axborot-ta'lim portali mehmonlarda qiziqish uyg'otdi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv zamonaviy standartlar va talablarga javob beradigan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tayyorlash sohasida Akademiyalar o'rtasidagi hamkorlikni yanada
rivojlantirishga xizmat qiladi.