2019 yil 16 may kuni sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida idoralararo ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish va ularni muvofiqlashtirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, Davlat xavfsizlik xizmati instituti, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan Qo'shma qaror imzolangan edi.
Ushbu hujjat bilan sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda samarali amalga oshirish va ularning natijalarini huquqni qo'llash amaliyotiga keng joriy qilish, shuningdek ushbu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan Ilmiy-tadqiqot konsortsium tashkil etilgan.
Joriy yilning 1 iyul kuni Ilmiy konsorsiumning birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Konsortsium Kengashining ishtirokchilari tarkibi tasdiqlanib, Raisi saylandi. Shuningdek 2019-2020 yillar uchun ish reja hamda 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha ustuvor dissertatsiya mavzulari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Shu bilar birga, “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishdagi faoliyatini takomillashtirish” va “ Oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” kabi dolzarb mavzular bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga doir kelishuvga erishildi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.