Jinoiy daromadlarni legalizatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha Gonkong Assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Jinoiy daromadlarni legalizatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha Gonkong Assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 1 iyul kuni Akademiyada jinoiy daromadlarni legalizatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha Gonkong Assotsiatsiyasi mutaxassislari a'zosi, “Buyuk kelajak” XNNT ekspert kengashi a'zosi A.Raxmatullaev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jinoiy daromadlarni legalizatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha Gonkong Assotsiatsiyasi mutaxassislari legalizatsiya va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, moliyaviy jinoyatlarni aniqlash va ularning oldini olish sohasida mutaxassislarning bilim, ko'nikma va tajribalarini kengaytirish bo'yicha eng yirik xalqaro tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiya a'zolari keng doiradagi moliyaviy muassasalar, sanoat tarmoqlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat.

Uchrashuvda Akademiyaning Gongkong assotsiatsiyasi bilan qisqa muddatli ta'lim kurslarini tashkil etish, legalizatsiya va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha praktikum ishlab chiqish, Akademiya faoliyatiga ekspertlarni jalb qilish, qo'shma tadqiqotlar olib borish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv konstruktiv va amaliy ruhda o'tdi.