Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Joriy yilning 1 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida milliy va xalqaro tajriba” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari, xalqaro huquq standartlari, xalqaro konventsiyalar, mazkur sohadagi ilg'or xorijiy tajriba hamda samarali amaliyot masalalari ko'rib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilari Akademiyada faoliyat yuritayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi faoliyati hamda mazkur yo'nalishda yo'lga qo'yilgan xalqaro hamkorlik natijalari bilan yaqindan tanishdilar.

Akademiya magistraturasi negizida respublikada ilk marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mutaxassislar tayyorlash boshlanganligi tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg'otib, bu o'z navbatida mazkur yo'nalishda faoliyat yurituvchi kadrlar salohiyatini yuksaltirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.