Akademiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog'i ekspertlari va jinoiy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha ishchi guruh a'zolari ishtirokida vebinar bo'lib o'tdi.
Tadbirda IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog'ining Istanbul xarakatlar rejasi monitoringining 4-raundi yakunlari yuzasidan O'zbekistonga berilgan tavsiyalari ko'rib chiqildi.
Vebinarda yuridik shaxslarga nisbatan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash, jinoiy yo'l bilan topilgan mulkni musodara qilish, korrupsiyaviy qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilash hamda “mansabdor shaxs” atamasi mazmuniga oid masalalar muhokama qilindi.
Vebinar ishtirokchilari tomonidan amaldagi qonunchilik normalarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini inobatga olgan holda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi normalarini implementatsiya qilish bo'yicha takliflar berildi.