AQShlik ekspert Akademiya magistraturasining masofaviy o'quv jarayonida ishtirok etdi

AQShlik ekspert Akademiya magistraturasining masofaviy o'quv jarayonida ishtirok etdi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan magistratura tinglovchilari uchun masofaviy o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish davom ettirilmoqda.

O'quv dasturini to'laqonli ijro etilishini ta'minlash maqsadida moslashtirilgan dars jadvaliga muvofiq masofaviy o'qitish jarayoniga Akademiya professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda Akademiyaning hamkorlari hisoblangan chet ellik soha ekspertlari ham jalb qilingan.

Xususan, AQShlik ekspert, iste'fodagi prokuror Gregori Ueddl tomonidan joriy yilning 2 aprel` kuni magistratura tinglovchilariga “Iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni tergov qilish” mavzusida real vaqt rejimida navbatdagi o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Akademiya magistraturasi tinglovchilari AQSH va boshqa davlatlarning iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni tergov qilishda kelib chiqadigan jinoyat-protsessual, tashkiliy va kriminalistik xarakterdagi masalalar to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar.