Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi

Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining Qozog'iston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko'maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (SA TAES UZ)” loyihasi ishga tushirilishi doirasida loyiha boshqaruvchilari bilan videokonferentsiya aloqa vositasida ishchi uchrashuv o'tkazildi.

Ishchi uchrashuv davomida loyihaning tafsilotlari va “Tadbirkorlik faoliyatining vijdonliligi va xususiy sektorda majburiy bo'lgan talablarga rioya etilishi (komplaens)” va “Korruptsiya va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurashish hamda aktivlarni qaytarish” kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha rejalashtirilayotgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan navbatdagi qadamlar muhokama qilindi.