Hozirgi kunda Bosh prokuratura Akademiyasining magistratura tinglovchilari uchun masofaviy o'quv mashg'ulotlari o'quv dasturiga muvofiq xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda o'tkazilmoqda.
Bunda ona tilisi ingliz tili hisoblangan xorijiy ekspertlar ishtirokida yuridik ingliz tilini chuqur o'rganishga qaratilgan mashg'ulotlarni o'tkazish amaliyoti davom etmoqda.
Mazkur o'quv modulini masofadan turib tashkil etishga Akademiyaning magistrlari uchun doimiy asosda sinxron va asinxron rejimida o'quv mashg'ulotlarini olib borayotgan Vitgenberg universiteti (AQSH) bitiruvchisi M.Krstich jalb qilingan.
Xususan, 6 aprel` kuni “Sog'liqni saqlash masalalari hamda zamonaviy xavf-xatar va muammolar yuzaga kelgan sharoitda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashning huquqiy jihatlari” mavzusida navbatdagi o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Mashg'ulot davomida magistratura tinglovchilari real vaqt rejimida bugungi kunda dolzarb bo'lgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash va sog'lig'ini saqlash, karantin davrida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog'liq mavzuga oid muhokamalarni o'tkazdilar, shuningdek masalaning tegishli huquqiy jihatlarini ko'rib chiqdilar.
O'qitishning interfaol usullarini qo'llagan holda o'tkaziladigan mazkur mashg'ulotlar magistratura tinglovchilarining yuridik ingliz tili bo'yicha ko'nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.