O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha Markaziy Osiyodagi boshqarmasining hududiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Nukus shahrida “Xavfsiz, inklyuziv va barqaror jamiyatlarda shahar xavfsizligini boshqarish” nomli loyiha amalga oshirilishi boshlandi.
Shunga ko'ra, joriy yilning 9 aprel` kuni tomonlarning videokonferentsaloqa tizimi orqali ishchi uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda BMT narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi hududiy vakili A.Mittal, ushbu boshqarmaning bosh ofisi hamda Markaziy Osiyodagi ofisi vakillari, Akademiya hamda Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazi rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan karantin sharoitida loyihani amalga oshirishning aniq usullari va choralari belgilandi.