Akademiya rahbariyati BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha maslahatchisi A.Vodyaniy bilan telefon konferentsiya rejimida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar Akademiya bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasining “Uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy narkotiklar savdosi bilan bog'liq parallel moliyaviy tekshiruvni amalga oshirish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga chek qo'yish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlari xodimlarining malakasini oshirish” yangi loyihasini amalga oshirilishi masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv natijasi bo'yicha tomonlar qo'shma loyihani samarali amalga oshirishga yo'naltirilgan tadbirlar rejalashtirdi.