Joriy yilning 14 aprel` kuni Akademiya vakillarining Markaziy va Sharqiy Yevropa huquqiy tashabbus instituti (CEELI) dasturlar direktori Marek Svoboda bilan videokonferentsaloqa tartibida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Praga (Chexiya Respublikasi)da joylashgan CEELI Instituti huquqshunoslar tarmog'ini rivojlantirish va o'qitish bilan shug'ullanuvchi mustaqil notijorat tashkiloti hisoblanadi. Institut qonunlarga asoslangan jamiyatlarni yaratish maqsadida prokurorlar, tergovchilar, huquqshunoslar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan innovatsion o'qitish dasturlari va tadbirlar orqali ishlab keladi.
Uchrashuv O'zbekistondagi “Mintaqaviy muloqot” XNNT tomonidan jalb qilinib, ayni paytda Akademiyaning Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markaziga ekspertlik yordamini ko'rsatib kelayotgan sloveniyalik ekspert Goran Klemenchich ko'magida tashkil etildi. Ushbu ekspert muqaddam qayd etilgan Institut bilan huquqni muhofaza qiluvchi va tergovchilar uchun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi treninglarni tashkil etishda hamkorlik qilish amaliyotiga ega bo'lgan.
Taraflar Akademiyaning korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga ekspertlik ko'magini ko'rsatish, shuningdek Akademiyaning magistratura tinglovchilari uchun masofaviy shakllar yordamida ma'ruzalarni o'tkazish masalalarini muhokama qilib oldilar.