Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida masofaviy ta'lim davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida masofaviy ta'lim davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasida magistratura tinglovchilari uchun masofaviy o'quv mashg'ulotlari o'quv dasturiga muvofiq o'tkazilishi davom etmoqda.

Real vaqt rejimida o'quv mashg'ulotlarni o'tkazish va magistrlik dissertatsiyalari doirasida tinglovchilar tomonidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish holatini muhokama qilishga karantin choralari amal qilib turgan muddatda 
masofadan turib mehnat faoliyatini yuritayotgan Akademiyaning professor-o'qituvchilari faol jalb etilmoqda.

Xususan, Akademiyaning kafedra dotsenti G.Malikova tomonidan 2020 yil 17 aprel kuni “Qaror qabul qilish texnikasi” mavzusida navbatdagi mashg'ulot o'tkazilib, unda tegishli qoida va metodlarga rioya qilish, qarorlarni qabul qilish texnikasini, shuningdek qo'yilgan vazifalarga erishishga to'sqinlik qiluvchi faktorlarni aniqlash va bartaraf etish ko'nikmalarini o'zlashtirish zarurligiga oid masalalar yoritildi.

Mashg'ulot davomida magistratura tinglovchilari real vaqt rejimida bugungi kunda qaror qabul qilishga oid dolzarb masalalar bo'yicha muhokamalarni o'tkazdilar, shuningdek uning tegishli ijtimoiy-huquqiy jihatlarini ko'rib 
chiqdilar.