IHTT Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i doirasida milliy muvofiqlashtiruvchilarining ishchi uchrashuvi

IHTT Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i doirasida milliy muvofiqlashtiruvchilarining ishchi uchrashuvi

Joriy yilning 15 aprel` kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i milliy muvofiqlashtiruvchilarining videokonferentsaloqa uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda tarmoqda ishtirokchi-davlatlar vakillari qatnashdi.

Sessiya ishida O'zbekiston tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi va Korruptsiyaga qarshi kurishish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining ekspert guruhi rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida pandemiya sharoitida Tarmoqning kelgusi davrga mo'ljallangan rejalari hamda ishtirokchi-davlatlar korruptsiyaga qarshi kurashishning turli masalalari, shu jumladan masofaviy texnologiyalarni qo'llagan holda o'qitish bo'yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.