Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi

2019 yil 4 iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Hamkorlik to'g'risidagi Memorandum doirasida Bosh prokuraturaning Akademiyasi va Kadrlar boshqarmasi xodimlari tomonidan universitet talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda universitet mas'ul xodimlari, bakalavr bosqichi bitiruvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda talabalarga prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish tartibi, Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyati, joriy o'quv yilidan boshlab magistraturaga qabul boshlanganligi va unda o'qishning o'ziga xos afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Talabalar, ayniqsa, Akademiya magistraturasida 3 ta mutaxassislik bo'yicha o'qitish tizimining joriy qilinganligi, nazariya va amaliyotning uyg'unligi, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari ekspertlarining ta'lim jarayoniga jalb qilinishi hamda talabalarning xorijda amaliyot o'tash imkoni mavjudligiga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv davomida kelib tushgan savollarga batafsil javoblar berildi.