Taraqqiyot sohasidagi hamkorlik uchrashuvi

Taraqqiyot sohasidagi hamkorlik uchrashuvi

Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari joriy yilning 5 iyul kuni barqaror taraqqiyot maqsadlarida BMTning hamkorlik bo'yicha doiraviy dasturi muhokamasi yuzasidan bo'lib o'tgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Tadbirda BMTning mamlakatlar guruh vakillari, Oliy Majlis, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga BMT tomonidan amalga oshirilayotgan joriy islohotlar, BMTning 2016-2020 yillarda rivojlantirish maqsadida yordam berish bo'yicha doiraviy dasturini (UNDAF) amalga oshirishdagi yutuqlar, 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi milliy maqsad va vazifalar implementatsiyasini tashkil etish faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berildi hamda barqaror rivojlantirish maqsadlariga birgalikda erishish bo'yicha kelgusidagi yo'nalishlar haqida o'zaro fikr va takliflar almashildi.