Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi ko'magida “Odil sudlov yo'lida ta'lim” tashabbusi doirasida “Evropa, G'arbiy va Markaziy Osiyo universitetlarida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda pedagogik salohiyatni mustahkamlash” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Armaniston, Gruziya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, O'zbekiston, Qirg'iziston va Qozog'iston vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda jinoyatchilik, shu jumladan kiberjinoyatchilikning oldini olishda ta'lim va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, o'quv modullarining sifati va samaradorligini oshirish, o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda pedagog kadrlarning salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish tashkiloti tomonidan kiberjinoyatchilik bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv modullari taqdimoti o'tkazildi.