Akademiyada “Kiberterrorizm va Darknet” mavzusida trening o'tkazildi

Akademiyada “Kiberterrorizm va Darknet” mavzusida trening o'tkazildi

Joriy yil 5 iyul kuni Akademiya tinglovchi va xodimlari uchun “Kiberterrorizm va Darknet” mavzusida xorijiy ekspertlar ishtirokida trening bo'lib o'tdi.

Trening Akademiyaning BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorligi dorasida tashkil etildi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad internet tarmog'ida kiberterrorizmning rivojlanish tendentsiyalari bilan tanishtirish, axborot tizimlariga tahdidlar ehtimolini tahlil qilish hamda ularning tashqi va ichki tahdidlardan zaiflik darajasini baholashdan iborat.

Xalqaro ekspertlar tomonidan internet tarmog'ining Darknet yashirin segmenti imkoniyatlari va tahdidlari hamda unga ulanish usullari namoyish etildi.

O'quv jarayoni nazariy kurs hamda Darknet tarmog'iga ulanish va unda axborot izlash dasturiy mahsulotlarining amaliy ko'rgazmadan iborat bo'lib, tinglovchilarning axborotni muhofaza qilish borasidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.