Bosh prokuratura Akademiyasi – Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti tarkibida

Bosh prokuratura Akademiyasi – Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti tarkibida

Bosh prokuratura Akademiyasi delegatsiyasi Ashxobod shahrida 2019 yilning 27 noyabr` kuni Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti Kengashining 12-yig'ilishida ishtirok etdi.

Yig'ilishda Belarus`, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy va Xindiston delegatsiyasidan 70 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Bosh prokuratura Akademiyasini Xalqaro tarmoq instituti tarkibiga qabul qilish kun tartibidagi masalalardan biri bo'ldi.

Shu munosabat bilan, Akademiya vakillari tomonidan Kengash a'zolari oldida Bosh prokuratura Akademiyasining jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas'ul xodimlarni malakasini oshirish borasidagi faoliyati, Akademiya imkoniyatlari, kelgusidagi vazifalari haqida taqdimot qilindi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasi natijasi bo'yicha Kengash tomonidan Akademiyani Xalqaro tarmoq instituti tarkibiga qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida Moliyaviy monitoring bo'yicha xalqaro o'quv metodik markazi, Moskva moliya-yuridik universiteti, Rossiya xalqlar do'stligi universitetining Yuridik instituti rahbariyati bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlarda o'zaro hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.