Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirish masofiy kurslari yakunlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirish masofiy kurslari yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 486-son “Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 2019 yil 28 oktyabrdan 2 dekabrga qadar Toshkent shahar IIOFMB profilaktika inspektorlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Masofaviy malaka oshirish kursi doirasida 104 nafar Chilonzor tumani IIOFMB profilaktika inspektori ishdan ajralmagan holda tahsil oldi.

Kurs dasturi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyatini tashkil qilish hamda profilaktika inspektorlarining huquqni qo'llash amaliyotida mavjud dolzarb muammolarni inobatga olgan holda tuzildi va asinxron hamda sinxron o'qitish rejimida amalga oshirildi.

Tinglovchilar tomonidan mazkur malaka oshirish kursida o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi hamda viktimologik profilaktikasini tashkil etish, jumladan voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyatini samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.