Bosh prokuratura Akademiyasi hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining O'zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan 2017-2019 yillarga mo'ljallangan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy chora-tadbirlari doirasida Nukus shahrida Bolalar va ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish to'g'risidagi Doha deklaratsiyasini amalga oshirish bo'yicha “Odil sudlovga qaratilgan ta'lim” global dasturiga muvofiq ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati prokuratura organlari xodimlari, ichki ishlar organlarining mas'ul xodimlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
Ushbu trening davomida ishtirokchilar amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, bolalar va ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash borasida xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajriba bilan tanishdilar.
Trening yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.