Joriy yilning 5 dekabr kuni Bosh prokuraturasi Akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Majlisda Akademiya doktorant va mustaqil izlanuvchilari faoliyatining samaradorligi bo'yicha monitoring natijalari, tayanch doktoranturasi doktorantlari va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o'tkazilgan kirish imtihonlari va suhbat natijalari, “12.00.12 - Korruptsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosligi bo'yicha dissertatsiya mavzulari ro'yxati tasdiqlandi.
Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv, ilmiy-amaliy qo'llanmalar muhokama qilinib, nashrga tavsiya etildi.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura Akademiyasi Axborotnomasi faoliyatini yanada takomillashtirish va Akademiya faoliyatiga doir boshqa masalalar ko'rib chiqildi.