Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari malakasini oshirish kursi tashkil etildi

Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari malakasini oshirish kursi tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida o'qitishning aralash shaklini (blended learning) qo'llagan holda Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari malakasini oshirish kursi tashkil etildi. Malaka oshirish kursi o'qitishning “3+1” tizimi asosida tashkil etilgan bo'lib, ishdan ajralmagan holda masofaviy ta'lim (75%) hamda kunduzgi ta'lim (25%) shaklidan iborat.

Hozirgi vaqtda tinglovchilar masofaviy ta'lim bosqichini yakunlab, Akademiyada tahsil olishmoqda.

Kurs dasturida tinglovchilarning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida xalqaro hamkorlik masalalari, ijro ishi yurituvi bo'yicha protsessual hujjatlar tayyorlash, sohaviy faoliyatni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni hal etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va takliflar tayyorlash ko'nikmasini shakllantirish, mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan ijro hujjatlarini ijro qilish kabi yo'nalishlarda bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi nazarda tutilgan.