Zamonaviy ta'lim texnologiyalari borasidagi ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va joriy etish bo'yicha seminar-trening

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari borasidagi ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va joriy etish bo'yicha seminar-trening

2019 yil 12 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O'zbekistondagi filiali ko'magida Akademiya professor-o'qituvchilari uchun «O'qitishning interaktiv metodlari» mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Trener sifatda yurisprudentsiya hamda ta'lim sohalarida katta tajribaga ega bo'lgan Boston kolleji huquq maktabi professori Djoan Blum qatnashdi.

Tadbir dasturi androgogikaning o'ziga xos xususiyatlari, kasbiy ta'limda o'qitishning bazaviy interaktiv metodlari, ularni ta'limning an'anaviy va masofaviy shakllarida qo'llash samaradorligi, shuningdek, tinglovchilarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limni samarali tashkil etishning muhim jihatlari kabi masalalarni qamrab oldi.

Shuningdek, tinglovchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda o'quv kontentini shakllantirish vositalari va metodlari, o'qituvchi tomonidan o'qitish maqsadlarini va ularga erishish usullarini belgilash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Seminar-trening keys-stadi, bahs-munozara, kichik va katta guruhlarda ishlash kabi metodlarni hamda qayta aloqa texnologiyalarini qo'llagan holda interaktiv tarzda o'tkazildi.

Akademiya xodimlari ta'lim jarayonida qo'llab kelayotgan o'qitishing shakl va metodlarini hamda tinglovchilar bilimini baholash texnologiyalarini xorijiy ekspert bilan muhokama qilish va ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'ldilar.