2019 yilning 17 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ko'magida tashkil etilgan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida O'zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda YEXHT kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ekspertlari Markko Kunappu va Dmitriy Rudakov, shuningdek, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha ishchi guruh vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha Estoniya tajribasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining bu boradagi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo'yicha umumiy ma'lumot berildi.
Muhokamalar yakuniga ko'ra, xalqaro huquqiy amaliyotni hisobga olgan holda O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqildi.