Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari uchun hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish maqsadida masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Ikki haftalik kurslar dasturi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyatini tashkil qilish hamda profilaktika inspektorlarining huquqni qo'llash amaliyotida mavjud dolzarb muammolarni inobatga olgan holda tuzilgan bo'lib, asinxron va sinxron o'qitish rejimida o'tkazilmoqda.
Tinglovchilar tomonidan ishdan ajralmagan holda mazkur malaka oshirish kurslarida o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi hamda viktimologik profilaktikasini tashkil etish, jumladan voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyatini samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.