O'zaro tushunish va hamkorlik to'g'risida Memorandum doirasida 2019 yil 18 dekabr` kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini o'rganish tadqiqot markazi rahbari Risbekova Janar Kasimbekovna bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi turish strategiyasi, ISO 37001 – «Anti Bribery management systems» xalqaro korruptsiyaga qarshi turish standartining o'ziga xos xususiyatlari, loyiha boshqaruvini joriy etish va rivojlantirish borasida tajriba almashish va qo'shma ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, J.K.Risbekova Akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun “Batartiblik. Korrupsiyaga qarshi turish madaniyati” mavzusida ma'ruza qildi.
Qizg'in bahs-munozara shaklida o'tkazilgan mazkur o'quv mashg'uloti tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi, tadbir tomonlar o'rtasidagi hamkorlik memorandumining samarali amalga oshirilishiga xizmat qildi.