Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni samarali tashkil etish masalalari bo'yicha o'quv kursi tashkil etildi

Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni samarali tashkil etish masalalari bo'yicha o'quv kursi tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida “Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni samarali tashkil etish” mavzusida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish kursi tashkil etildi.

Ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida mazkur kurs o'qitishning aralash shaklida tashkil etilib, uch hafta ishdan ajralmagan holda masofaviy va bir hafta ishdan ajralgan holda Bosh prokuratura Akademiyasida o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi belgilangan. Masofaviy ta'lim zarur elektron axborot-ta'lim resurslariga ega bo'lgan “ProAcademy” axborot-ta'lim portali orqali o'tkazilishi nazarda tutilgan.

O'quv kursi doirasida hududiy prokuratura organlari xodimlarining yer va suv qonunchiligi, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid boshqa qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati faoliyatini samarali tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkaziladi.