Joriy yilning 17-18 dekabr kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida BMT TD va Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida xalqaro ekspert Tomas Baranovas (Litva) hamda milliy konsul`tant Nigina Rajabova (Tojikiston) ishtirokida “Samarali boshqaruv” ekspertlar guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirda vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, shuningdek BMTning O'zbekistondagi agentliklari vakillari ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida mutaxassislar tomonidan global miqyosda ishlab chiqilgan 16-BRM vazifa va mezon ko'rsatkichlari haqida ma'lumot taqdim etildi, shuningdek ularni turli mamlakatlarda qo'llashning amaliy tajribasi bo'yicha taqdimoti o'tkazildi.
Ikki kunlik yig'ilish yakuni bo'yicha “Samarali boshqaruv” guruhi a'zolari tomonidan O'zbekistonda 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadiga erishish borasida yanada samarali faoliyatni amalga oshirish maqsadida milliy mezon ko'rsatkichlar bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.