Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda hududiy davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun “Soliq va boshqa majburiy to'lovlarni undirish samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur o'n kunlik masofaviy o'quv kursi asinxron rejimda amalga oshiriladi.
Masofaviy malaka oshirish kursi dasturidan yuridik shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash, jismoniy shaxslarning soliq qarzini to'lash majburiyati bajarilishini ta'minlash, soliqdan qochish sxemalari va ularni barataraf etish yo'llari, iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishni tashkil etish masalalari o'rin olgan.
Mazkur kurs Davlat soliq qo'mitasining hududiy soliq tizimi organlari xodimlarining yuridik va jismoniy shaxslardan soliq va boshqa majburiy to'lovlarni undirish samaradorligini oshirish, iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida bilim va ko'nikmalarini ishdan ajralmagan holda mustahkamlashga xizmat qiladi.