Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv

2019 yil 11 iyul kuni Akademiya rahbariyatining Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo'yicha nemis ekspertlarni jalb qilgan holda, shu jumladan videokonferensaloqa orqali turkum tadbirlarni o'tkazish imkoniyatlari, Akademiyaning o'quv-uslubiy bazasini mustahkamlash borasida kelishib oldilar.

Uchrashuv natijalariga ko'ra tomonlar o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.