Departamentning tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari uchun o'quv kurslari o'tkazildi

Departamentning tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari uchun o'quv kurslari o'tkazildi

2019 yil 1-13 iyul kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari uchun o'quv kurslari o'tkazildi.

O'quv kurslari dasturi asosida tinglovchilarda Departament organlari faoliyatini tashkil etish, ish faoliyatini tashkil etishda kompleks va tizimli tahlil, psixologik barqarorlikni 
ta'minlash, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsion qilmishlarni fosh etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy va amaliy ko'nikmalari shakllantirildi.

O'quv mashg'ulotlari doirasida tingovchilar Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Yunusobod tumani bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O'quv kurslari mashg'ulotlarini o'tkazishga Akademiya professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda Bosh prokuratura, Departament, Hisob palatasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tajribali xodimlari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilindi.

O'quv mashg'ulotlari interaktiv shaklda o'tkazildi, tinglovchilar o'z faoliyatlari bilan bog'liq dolzarb masala va muammolarni muhokama qilib, ularning yechimiga oid o'zaro tajriba almashishdi.