Akademiya tomonidan Bosh prokuraturaning tegishli tarmoqlari bilan hamkorlikda joriy yilning 14 iyun kunidan 12 iyul kuniga qadarli «Sektorlar faoliyatini to'g'ri tashkil etish va samaradorligini oshirish usullari» mavzusida videokonferentsaloqa shaklida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
O'quv mashg'ulotlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat prokurorlarining tegishli o'rinbosarlari, tuman va shahar prokurorlari hamda sektorlar bo'yicha mas'ul kotiblar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarga sektorlar shtablari faoliyatini tashkil etish, shtab a'zolari faoliyatini nazorat qilish, aholi va ijtimoiy obektlar muammolarini o'rganish, kam ta'minlangan oilalar ahvolini yaxshilash hamda kelib tushayotgan murojaatlarni ko'rib chiqish bilan bog'liq muammoli masalalarni hal qilish usullari tushuntirib o'tildi.