Kiberjinoyatchilik sohasidagi xorijiy ekspert bilan uchrashuv tashkil etildi

Kiberjinoyatchilik sohasidagi xorijiy ekspert bilan uchrashuv tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida Koreya Respublikasi Xallim universitetining (Hallym University) raqamli kriminalistika kafedrasi dotsenti Djoshua Djeymsning yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda firibgarlik sodir etishga qarshi kurashish, shuningdek, ma'lumotlarga ruxsatsiz kirganlik, komp`yuter firibgarligi va boshqa jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan mavjud samarali jinoiy-huquqiy tartibga solish mexanizmlari ko'rib chiqildi.

Ishtirokchilar tomonidan mazkur sohadagi dolzarb tahdidlar sifatida ma'lumotga ruxsatsiz kirish amaliyoti va axborot olishni qonunga zid tarzda cheklash, shuningdek, kiberjinoyatchilikning o'ta kriminallashuvi hamda axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ko'rsatib o'tildi. Uchrashuv samarali va konstruktiv ruhda o'tdi.