Prokuratura organlari oldiga qo'yilgan vazifalarni ilg'or xorijiy tajribani qo'llagan holda samarali amalga oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi o'quv jarayoniga huquqshunos kadrlarni tayyorlash va yurisprudentsiya sohasidagi yetakchi xorijiy ekspertlar jalb qilib kelinmoqda.
2019 yil 12 iyul kuni ilgari AQShning Jorjiya shtati okrug prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan Anna Guardinoning “Regional dialogue” XNNT bilan hamkorlik doirasida Akademiyada olib borgan bir yillik faoliyati yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
A.Guardino Akademiya ilmiy salohiyatining mustahkamlanishiga hissa qo'shdi. A.Guardino ishtirokida huquqiy muammolar muhokamasiga bag'ishlangan Law Talks muhokama klubi muntazam ravishda tashkil etib kelindi. Hamkorlikning mazkur shakli Akademiya xodimlarida prokuror-tergov faoliyatini hamda qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, jinoyatchilikning oldini olish borasida AQSH va O'zbekiston tajribasining qiyosiy tahlili asosida ingliz tilida ravon so'zlashish hamda tahliliy va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, ekspert tomonidan “Jabrlanuvchilar va guvohlarga yordam ko'rsatish xizmatini tashkil qilish dasturi” loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur dastur poytaxtning Chilonzor tumanida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Samarali hamkorlik va Akademiya ilmiy salohiyatini oshirishga qo'shgan hissasi uchun A.Guardinoga Akademiya rahbariyati va professor-o'qituvchilari tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Tomonlar o'zaro hamkorlikni onlayn shaklda masofadan turib davom ettirishga kelishib olishdi.