JICAning O'zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

JICAning O'zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18 iyul kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligining (JICA) O'zbekistondagi vakili O.Shun hamda JICA loyihalar koordinatori F.Kurbanov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida korruptsiyaga qarshi kurash, mamlakatda erkin iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida fuqarolik huquqlari va xususiy mulk daxlsizligi himoyasini ta'minlash bo'yicha JICA tomonidan taklif etilayotgan loyihada Akademiyaning ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko'ra tomonlar o'zaro manfaatli bo'lgan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlanitirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.