Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar- trening tashkil etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar- trening tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida joriy yilning 15-19 iyul kunlari Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligi tomonidan “Operativ ma'lumotlarning strategik tahlili” mavzusida 5 kunlik seminar-trening o'tkazildi.

Seminar Buyuk Britaniyalik ekspertlar — Djon Bleyk va Nadiya Tuominen tomonidan olib borildi. Unda Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Milliy gvardiya va Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qaror qabul qilish va strategiyalarni ishlab chiqishda operativ ma'lumotlarning ahamiyati, axborot sikllari, turli axborot manbalari bilan ishlash, huquqni muhofaza qilish faoliyatida strategik tahlilning o'rni, tahlilni amalga oshirish usullari, noxolislik (bir yoqlamalik) va uning oldini olish usullari hamda aniqlangan xavf va tahdidlarni boshqarish strategiyasi masalalari ko'rib chiqildi.

 Interaktiv shaklda olib borilgan darslar ishtirokchilarga har bir mavzu bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini amaliy topshiriqlar yordamida mustahkamlash imkonini berdi. 
Trening yakunlari bo'yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.