2019 yilning 25-26 iyul kunlari Bosh prokuratura Akademiyasiga Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-ta'lim institutining Prezidenti Riotaro Oba, Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-ta'lim instituti professori Mio Takanashi hamda Nagoya universiteti professori Katsuya Ichixashidan iborat Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
O'zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi bilan Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida akademik mobillik, muassasalarning ilmiy va o'quv potentsialini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.
Tashrif doirasida “Jinoyat-sud ishlarini yuritishni takomillashtirish: Yaponiya va O'zbekiston tajribasi” mavzusida yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh a'zolari va Akademiya xodimlari ishtirokida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Tashrif yakunlariga ko'ra tomonlar uchun o'zaro manfaatli yo'nalishlar doirasida kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.