Bosh prokuratura Akademiyasiga Vetnam delegatsiyasining tashrifi

Bosh prokuratura Akademiyasiga Vetnam delegatsiyasining tashrifi

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy-harbiy prokuratura delegatsiyasining 22-27 iyul kunlaridagi tashrifi doirasida Xalq prokurori o'rinbosari – Vetnam Markaziy-harbiy prokurori Nguen Van Xan O'zbekistonda prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bilan tanishish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolari Akademiyaning ilmiy va o'quv salohiyati, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, masofaviy o'qitish, prokuratura organlari faoliyatini psixologik ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif yakunida delegatsiya tomonidan Vetnam Sotsialistik Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy-harbiy prokuratura vakillarini Bosh prokuratura Akademiyasida o'qitish imkoniyatlarini ko'rib chiqish taklifi bildirildi.