Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari “El-yurt umidi” tanlovi g'olibligini qo'lga kiritdilar

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari “El-yurt umidi” tanlovi g'olibligini qo'lga kiritdilar

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni jadal amalga oshirilishi jarayonida zamonaviy bilim va malakaga ega kadrlarga bo'lgan talab kuchaymoqda.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida kadrlar salohiyatini oshirish, Akademiyada ilg'or halqaro tajribani joriy etish maqsadida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh prokuratura Akademiyasining bir guruh xodimlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat boshqaruvi organlari mutaxassis-kadrlarini xorijda o'qitish uchun tashkil etilgan ikkinchi stipendiya tanlovida g'olib deb topildilar.

G'oliblar dunyoning yetakchi universitetlari va ilmiy-amaliy tadqiqot markazlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Jumladan, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish kafedrasi o'qituvchisi Abror Akbutaev Fransiyada transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish dasturida ishtirok etadi.

Til o'rgatish kafedrasi boshlig'i Svetlana Kurbanova Buyuk Britaniyada yuridik ingliz tilini o'qitish yo'nalishi bo'yicha malaka oshirish dasturida qatnashadi.

Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish kafedrasi katta o'qituvchisi Bobur Turdiev iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida Kanadaning Politsiya kollejida malaka oshirish dasturida ishtirok etadi.

Ushbu dasturlarda ishtirok etish prokuratura organlari xodimlarini o'qitishda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonunga bo'ysunish, fuqarolarning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi qo'yilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirib, Akademiyaning o'quv va ilmiy salohiyatini oshirish yo'lida xizmat qiladi.