Joriy yilning 1 avgust kuni Akademiya rahbariyatining BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Jinoiy sudlov bo'yicha dasturi xalqaro menedjeri K.Markvering bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha hamkorlikning joriy holati hamda kelgusi istiqbollari, Barqaror taraqqiyot maqsadlari (16-maqsad) amalga oshirilishini ta'minlash bo'yicha salohiyatni rivojlantirish, Akademiya faoliyatiga ekspertlarni jalb qilish, qo'shma loyiha va dasturlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.