2019 yil 3 avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasining mintaqaviy direktori A.Ospanova va milliy koordinatori D.Allanazarova ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Elsevier – dunyodagi eng yirik ilmiy nashriyotlardan biri bo'lib, har yili ilmiy jurnallarda chop etilgan barcha maqolalarning chorak qismini nashr etadi. Elsevier onlayn-yechilmalari ScienceDirect, Scopus, SciVal va boshqalarni o'z ichiga olib, fan, ta'lim va turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida Akademiya bilan Elsevier kompaniyasining amaliy hamkorligi istiqbollari, shu jumladan Akademiya ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, elektron ilmiy jurnal tashkil etish, kompaniyaning elektron ilmiy axborot mahsulotlari va xizmatlariga ulanish, shuningdek mazkur axborot resurslaridan foydalanuvchilar uchun treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, A.Ospanova tomonidan ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida yozishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida batafsil tushuntirish berilib, yuqori reytingli xalqaro jurnallarga maqolalarni chop etish bo'yicha maslahat va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakuni bo'yicha, belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.