Bosh prokuratura Akademiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi navbatdagi tadbirlari

Bosh prokuratura Akademiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi navbatdagi tadbirlari

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasida ichki ishlar va prokuratura organlari faoliyatining samaradorligi masalalarini o'rganish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida amaliy yordam berishga qaratilgan navbatdagi tadbirlarni amalga oshirdi.

Tashkil etilgan uchrashuvlar davomida axborot texnologiyalarini keng qo'llagan holda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb etish, shuningdek ekspert-tahlil guruhlarining faoliyatini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi. Har bir tuman miqyosida huquqbuzarlik va jinoyatlar spetsifikasi hamda ularning sodir etilish sabablari tahlil qilindi.

Profilaktika inspektorlari bilan hududlarda “Profinspektor” dasturini qo'llash bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi. Mazkur dasturni ishlatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli jihatlar muhokama qilinib, ularni hal etish yo'llari belgilab olindi.