Joriy yilning 8-9 avgust kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida professor-o'qituvchi, doktorant va mustaqil-izlanuvchilar ishtirokida “Dunyoning yetakchi jurnallarida ilmiy
maqolalarni chop etish talablari” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Treningni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti o'qituvchisi, RePEc (Research Papers in Economics – “Iqtisodiyotga oid ilmiy maqolalar”) tashkiloti tomonidan tuzilgan dunyodagi eng zo'r iqtisodchilar ro'yxatining 100 taligi a'zosi, SCOPUS tizimida 25 dan ortiq maqola nashr etib, O'zbekistonning eng ko'p iqtibos qilingan iqtisodchi-olimi hisoblangan Rauf Salaxo'jaev o'tkazdi.
Tadbir davomida R.Salaxo'jaev tomonidan jahonning yetakchi ilmiy nashriyotlarida ilmiy maqolalar nashr qilishning muhim jihatlari taqdimot qilindi, xalqaro standartlarga asosan maqolalar tayyorlash, tahrir qilish va chop etish masalalari ko'rib chiqildi.
Akademiyaning R.Salaxo'jaev bilan korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xalqaro tadqiqotlar o'tkazish, davlat va boshqa ilmiy tadqiqot
grantlarini amalga oshirishda qatnashish, Akademiya ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir yakuni bo'yicha belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.