Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Masofaviy malaka oshirish kursi doirasida 40 nafar profilaktika inspektori ishdan ajralmagan holda tahsil oldi.
Kurs dasturi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyatini tashkil qilish hamda profilaktika inspektorlarining huquqni qo'llash amaliyotida mavjud dolzarb muammolarni inobatga olgan holda tuzildi va asinxron hamda sinxron o'qitish rejimida amalga oshirilgan.
Tinglovchilar tomonidan ishdan ajralmagan holda mazkur malaka oshirish kursida o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi hamda viktimologik profilaktikasini tashkil etish, jumladan voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyatini samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Bosh prokuratura Akademiyasi masul xodimlari tomonidan masofaviy o'quv kursi dasturini o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida hududga chiqish orqali yakuniy imtihonlar o'tkazildi.