Qoraqalpog'iston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish ishlari doirasida Nukus shahrida Bosh prokuratura Akademiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi, shuningdek, Nukus shahar IIB hamda prokuraturasi vakillari ishtirkida ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ishtirokchilar jinoyatchilikning oldini olish, «Xavfsiz shahar» dasturining amalga oshirilish holati, BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni ta'minlash masalalari bilan shug'ullanuvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildilar.
Idoralar tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga sabab bo'ladigan omillarni kamaytirish, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, jamiyatdagi turli qonun buzilishlarining oldini olishdagi yondashuvlar ko'rib chiqildi va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida kelgusi qadamlar belgilab olindi.