Hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Jahon bankining Toshkent shahridagi ofisida Akademiya vakillari bilan bank xodimlari Elbek Yusupov, Nodira Meliboeva, Rumiya Garipova, videokonferensaloqa vositasida Aisha Vavda (Olmaota), Diego Ambasz (Vashington), Djenssen Teyksiera (Vashington), Mosis Vasike (Vashington), Valid Malik (Vashington) ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv ishtirokchilari Akademiya faoliyatining asosiy yo'nalishlari, 2019–2020 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurash Davlat dasturi, shuningdek, oliy ta'limda “Korruptsiyasiz soha” loyihasining amalga oshirilish holati bilan tanishdilar.
Tomonlar oliy ta'limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasining amalga oshirilishida bankning joriy loyihalari doirasida hamkorlikni amalga oshirish hamda Akademiyaning ilmiy va o'quv salohiyatini kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.