Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari doirasida 2019 yil 4 sentyabr kuni Xalqaro biznes markazida o'tkazilgan chet tili bo'yicha test sinovi natijalari Bosh prokuratura Akademiyasining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi (Chet tili).
Kirish imtihonlarining keyingi bosqichi – nomzodlar bilan suhbat savollari bilan Akademiya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin (Davlat va huquq nazariyasi fanidan savollar, Konstitutsiyaviy huquq fanidan savollar, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fanidan savollar).
Suhbat o'tkazish joyi va vaqti to'g'risidagi ma'lumot qo'shimcha tarzda ma'lum qilinadi, shuningdek har bir nomzodga alohida yetkaziladi.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari bo'yrug'i bilan tashkil etilgan, yetakchi huquqshunos olimlar, ta'lim muassasalari vakillari, katta amaliy tajribaga ega bo'lgan prokuratura organlari xodimlaridan iborat maxsus komissiya tomonidan yozma imtihon (esse) natijalarini tekshirish va baholash ishlari amalga oshirilmoqda.