Akademiya Ilmiy kengashi: yangi ixtisoslik bo'yicha tadqiqotlarni kuchaytirish yo'lida

Akademiya Ilmiy kengashi: yangi ixtisoslik bo'yicha tadqiqotlarni kuchaytirish yo'lida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan Bosh prokuratura Akademiyasi Ilmiy kengashiga “12.00.07 – 
Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bilan bir qatorda “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo'yicha dissertatsiyalar himoyasini o'tkazishga ham ruxsat berildi.

Mazkur ixtisosliklar bo'yicha dissertatsiya tadqiqotlarini kuchaytirish prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashga, qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.